Qurbon hayiti munosabati bilan qoʻshimcha Afrosiyob poyezdlari yoʻlga qoʻyildi

    Transport 3 Iyun 2025 1265

    Ushbu qatnovlar 5, 6, 7 va 8-iyun kunlari amalga oshiriladi.

    Transport vazirligining xabar berishicha, bayram kunlari — 5, 6, 7 va 8-iyun kunlari — Samarqand va Toshkent oʻrtasida Afrosiyob tezyurar poyezdining qoʻshimcha qatnovlari amalga oshiriladi.

    Harakat jadvali:

    Samarqand → Toshkent — joʻnash 10:55 da, yetib kelish 13:15 da
    Toshkent → Samarqand — joʻnash 13:56 da, yetib kelish 16:14 da

    Chiptalarni eticket.railways.uz, Uzrailways Ticket mobil ilovasi va temir yoʻl kassalaridan olish mumkin.