OFK 2026-yilgi Jahon chempionati hamda 2027-yilgi Osiyo kubogi musobaqalarining qo‘shma saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi vaqtlarini ma’lum qildi. Tadbir 27-iyul kuni Kuala Lumpurdagi Osiyo futbol konfederatsiyasi qarorgohida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, 1-bosqich qur’a tashlash marosimi– soat 11:00 va  2-bosqich qur’a tashlash marosimi – soat 13:00 boshlanadi.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, O‘zbekiston milliy jamoasi Jahon chempionati va Osiyo kubogi saralashidagi ishtirokini  ikkinchi bosqichdan boshlaydi.