Oʻzining raqamli, jumladan tibbiyotdagi loyihalari bilan mashhur Yaponiya ushbu yoʻnalishning Oʻzbekistonda ham tezroq rivojlanishi uchun koʻp narsa qila olishi mumkin, — deb taʼkidladi 2021-yil 19-fevralda Toshkentda boʻlib oʻtgan muzokaralarda Milliy palata raisi Rovshan Izamov. — Bu tayyor Yaponiya ishlanmalaridan tortib oʻzining samaradorligini isbotlagan softlarga asoslangan hamkorlikdagi ishlargacha boʻlgan har xil shakldagi qoʻshma loyihalar boʻlishi mumkin.

Ikki mamlakatning yana boshqa umumiy tendensiyalari sifatida tashhislash va davolashda “ishonchli tibbiyot”ning rolini oshirish xizmat qilishi mumkin. Bunga klinik protokollar asos boʻlib, ularni Oʻzbekistonda ishlab chiqish Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi va Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan birgalikda amalga oshirilmoqda. Ishonchli tibbiyot asosidagi klinik protokollar bemorlarning tashhislanish va davolanishini poytaxtda va mamlakatning har qaysi boshqa hududida unifikatsiyalash, ularni eng yaxshi jahon amaliyotiga yaqinlashtirish, va nihoyat, polipragmaziyasini, yaʼni koʻp miqdorda dori vositalarni belgilash tendensiyasini pasaytirish imkonini beradi. Ushbu tendensiyadan oʻzining darajasi bilan tanilgan mamlakatlar tibbiyoti ham voz kechyapti.

“Sogʻliqni saqlash tizimi mamlakatning asosiy tarmoqlaridan biri sanaladi. Va albatta, bemorlarni tashhislash va davolash ishonchli tibbiyotga asoslangan boʻlishi kerak”, — deb taʼkidladi Yaponiyaning xalqaro hamkorlik Agentligi (JICA) rahbari Suguru Miyadzaki.

Tomonlar Oʻzbekiston hududlarida tibbiy xizmat darajasini oshirishga boʻlgan doimiy eʼtibor masalasiga yondashuv bir xilligini taʼkidladi. Ushbu masalada nafaqat tezkor ishlanmalar, zamonaviy klinik protokollarning joriy etilishi roli, shuningdek Orolboʻyi, Xorazm viloyati kabi noqulay ekologik sharoitdagi hududlarda zamonaviy laboratoriyalar shakllantirish, Oʻzbekiston viloyatlarida Yaponiya tajribasiga asoslangan tibbiy klinikalar ochish uchun investitsiyalar jalb etish kerakligiga eʼtibor qaratdi.

Shuningdek, muzokaralar davomida chekka hududlardagi aholi yashash punktlarida mobil tibbiy klinikalar tarmogʻini yaratish orqali zamonaviy tashhislash va aholiga yuqori texnologik yordam koʻrsatish uchun sharoitlar yaratish muhimligi taʼkidlandi.

Undan tashqari, JICA Yaponiyaning xalqaro hamkorlik Agentligi sifatida koʻp yillar davomida Oʻzbekistonning hududiy tibbiy muassasalarini zamonaviy uskunalar bilan jihozlashga koʻmaklashib kelyapti. Jumladan, bu Yaponiya hukumati tomonidan bepul koʻmak dasturi doirasida ham amalga oshirilyapti. Milliy palata, Yaponiyada ishlab chiqarilgan tibbiy texnikaning yuqori funksionalligini inobatga olgan holda, mazkur uskunaning ishchi holatida saqlanishi, shuningdek, undan toʻlaqonli foydalanish boʻyicha treninglar oʻtkazish muhimligini yaxshi tushunadi. Bu borada hamkorlik qilish imkoniyatlari ham mavjud.

Muzokaralar davomida tomonlar mazkur masalani muhokama etdi, hamda hamkorlikning samaradorligi yuzasidan boshqa fikrlar ham taklif etdi. Oʻzbekiston aholisiga koʻrsatiladigan tibbiy xizmat darajasini oshirishi, mamlakat viloyatlari sogʻliqni saqlash tizimiga yangicha sifat berishi mumkin boʻlgan bir qator takliflarning batafsil oʻrganilishi yuzasidan kelishuvga erishildi, deb xabar beradi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmati.