Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.x." MCHJ rahbari D.X. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) fuqarolar R.B. va A.A.ga bemor farzandlarini Hindiston davlatidagi tibbiy klinikalarda jigar koʻchirish operatsiyasini amalga oshirishda yordam berishini aytib, soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali ularning 3 300 AQSH dollari bilan 3,8 mln soʻmini qoʻlga kiritganligi aniqlanib, shundan 4 mln soʻmini qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.