Olimlar 11 ta yirik uzoq muddatli tadqiqotda ishtirok etgan 1,5 milliondan ortiq katta yoshli insonlar ma’lumotlarini tahlil qilish orqali ana shunday xulosaga kelishdi. Tadqiqot natijalari JAMA Network Open jurnalida e’lon qilindi.
Olimlar ishtirokchilarning ovqatlanish odatlarini maxsus so‘rovnomalar orqali baholab, ularning sog‘lig‘ini o‘rtacha 18 yil davomida kuzatib borishdi. Tadqiqotda shakar qo‘shilgan va sun’iy ravishda shirinlashtirilgan ichimliklar iste’moli va jigar saratonining turli shakllari rivojlanishiga qay darajada bog‘liqligiga alohida e’tibor qaratildi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, shakarli ichimliklarni tez-tez iste’mol qilidigan odamlarda jigar saratonining eng keng tarqalgan ikki turi — jigar hujayrali karsinoma va jigar ichidagi xolangiokarsinoma xavfi yuqori bo‘lgan. Shu bilan birga sun’iy shirinlashtiruvchi moddalar qo‘shilgan ichimliklar iste’moli bilan mazkur kasalliklar o‘rtasida bog‘liqlik aniqlanmagan.
Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, shakarni suyuqlik ko‘rinishida muntazam iste’mol qilish jigar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va uzoq muddat ichib yurganda og‘ir kasalliklar rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin.