Jinoyat ishlari boʻyicha Yashnobod tuman sudi sudyasi pora bilan ushlandi

    Xavfsizlik 17 Fevral 2023 1825

    Jinoyat ishlari boʻyicha Yashnobod tuman sudi sudyasi 4 ming AQSH dollarini pora tariqasida olayotganda ushlandi. Mazkur xabarni Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati tasdiqladi.

    Maʼlum qilinishicha, bugun Sudyalar oliy kengashining navbatdan tashqari yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

    Unda Bosh prokurorning Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Yashnobod tuman sudi sudyasi I. B.ni Jinoyat kodeksining 210-modda 2- qismi “v” bandi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnomasi muhokama qilindi.

    Kengash xulosasi bilan I. B.ni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berildi va uning sudyalik vakolati toʻxtatildi.

    Tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib chiqib, boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.