Jinoyat protsessida majburlov choralari instituti takomillashtiriladi

    Qonun bilan sud tomonidan ayrim shaxslarning Oʻzbekistondan chiqish huquqi vaqtincha cheklanishiga doir tartibni nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

    Qonun (OʻRQ–1081-son, 15.08.2025-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.

    Qonun bilan sud tomonidan ayrim shaxslarning Oʻzbekistondan chiqish huquqi vaqtincha cheklanishiga doir tartibni nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

    Kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, Oʻzbekistondan chiqish huquqini vaqtincha cheklash gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilmagan, biroq Oʻzbekistondan chiqib ketib, suddan uzrli sabablarsiz boʻyin tovlashi uchun asoslar mavjud boʻlganda qoʻllaniladi.

    Prokuror, tergovchi, surishtiruvchi Oʻzbekistondan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida mazkur majburlov chorasini qoʻllash asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi.

    Iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran 8 soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida koʻrib chiqiladi.

    Sudya iltimosnomani koʻrib chiqib, Oʻzbekistondan chiqish huquqini vaqtincha cheklash yoki uni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.

    Ajrim ustidan 48 soat ichida shikoyat berilishi yoxud protest bildirilishi mumkin.