Ushbu qonun loyihasi bilan transport vositalarini trotuarlardan, velosiped yoʻlkalaridan, yashil hudud maydonlaridan yurgizishning oldini olishga qaratilgan normalar belgilanmoqda.
Shuningdek, aholi tomonidan noqonuniy ravishda yoʻlning qatnov qismiga toʻsiqlar oʻrnatish yoki yoʻllarni toʻsib qoʻyish, transport vositalari va fuqarolarning harakatiga toʻsqinlik qilish holatlariga chek qoʻyish uchun javobgarlik choralari nazarda tutilmoqda.
Qonun loyihasining qabul qilinishi yoʻllarda harakat ishtirokchilari xavfsizligini taʼminlash, ularning erkin harakatlanishiga sharoit yaratishga xizmat qiladi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilindi.