Navoiy viloyatida oʻqishga kiritishga boʻlgan yana bir urinish fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyat boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar I.K. va O.X. oʻzaro til biriktirib, firibgarlik yoʻli bilan daromad orttirish maqsadida fuqarolar D.M. va O.U.ning ishonchiga kirishib, ularni Toshkent davlat agrar universitetiga shartnoma asosida oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 4000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan I.K. va O.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Sirdaryoda fermer xoʻjaligiga tegishli boʻlgan yerni sotmoqchi boʻlgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyat boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro N.I. “N.A.M.” fermer xoʻjaligiga tegishli boʻlgan anorchilik uchun moʻljallangan 2,5 gektar yer maydonini sotish va yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali “mijozining” nomiga hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 66 million soʻmni firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan N.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Surxondaryoda yer maydonini turar joy sifatida rasmiylashtirib bermoqchi boʻlgan kadastr xodimi qoʻlga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyat boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Surxondaryo viloyat yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi Jarqoʻrgʻon tumani filiali mutaxassisi E.I. fuqaro G.X.ga tegishli boʻlgan 12 sotix yer maydonini turar joy sifatida kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 4 million soʻmni firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro N.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Sergeli tumanida ijara huquqi asosida berilgan yer maydonini 37 500 AQSH dollariga sotmoqchi boʻlgan MCHJ rahbari tergov qilinmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Sergeli tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “G.C.” MCHJ rahbari A.U. jamiyatga qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi obyekt qurish, 1,5 milliard soʻm investitsiya kiritish va yangi ish oʻrinlarini yaratish kabi shartlar bilan ijara huquqi asosida berilgan 11 sotix yer maydonida hech qanday qurilish ishlarini amalga oshirmasdan, noqonuniy yoʻl bilan daromad orttirishni koʻzlab, “E.D.” MCHJ rahbari S.U. va fuqaro D.N. ning ishonchiga kirib, ularga ushbu yer maydoniga toʻlaqonli egalik qilishini aytib 37 500 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.U. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

bilan hamkorlikda tayyorlandi