Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Sirdaryo va Fargʻonada quyosh panellari oʻrnatish boʻyicha yillik reja bajarildi

    Hukumat 11 Avgust 2023 1733

    2023-yil uchun reja qilingan tarmoq va transformatorlarni taʼmirlash ishlarini 1-avgustga qadar yakunlash boʻyicha topshiriq berilgan edi. Lekin hududlardagi 1 ming 100 kilometr tarmoqlar va 402 ta transformatorni taʼmirlash ishlari haligacha yakunlanmagan.

    Yil boshidan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilish boʻyicha katta dastur boshlangan.

    Oʻtgan davrda 430 megavattli qayta tiklanuvchi energiya manbalari ishga tushirildi. Shuning oʻzi yiliga 1,2 milliard kilovatt soat elektr energiyasini ishlab chiqarmoqda. Bu ijtimoiy soha obyektlari yillik isteʼmolining 60 foiziga teng.

    Bugungi kunda ijtimoiy soha va tadbirkorlik obyektlari hamda aholi xonadonlarida 250 megavatt quyosh panellari oʻrnatildi.

    Bu borada Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Sirdaryo va Fargʻonada ishlar toʻgʻri tashkil qilinib, ijtimoiy soha obyektlarida quyosh panellari oʻrnatish boʻyicha yillik reja bajarildi.

    Shu bilan birga, ijtimoiy obyektlar va davlat idoralarida quyosh panellari oʻrnatish Oʻrtachirchiqda atigi 5 foizni, Boʻka tumanida 10 foiz, Boʻzatov va Piskentda 15 foiz, Nurota va Yangi hayot tumanlarida 20 foizni tashkil qildi.