Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

U mehnat faoliyati davomida Sirdaryo viloyat Sanitariya-epidemiologiya markazida vrach-epidemiolog, Doʻstlik tuman tibbiyot kollejida direktor muovini, direktor, Respublika Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazida vrach-epidemiolog kabi qator masʼul vazifalarda ishlagan.

Tajribali mutaxassis tayinlovga qadar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi Jizzax viloyat boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.