Sessiya kun tartibidagi masala boʻyicha viloyat hokimi Ergash Saliyev soʻzga chiqib, Forish tumani hokimi boʻlib, ishlab kelgan Mustanov Abdivali Saidovichni Jizzax viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga va Jizzax viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Pudrat va maxsus montaj ishlari bozorini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi boʻlib ishlab kelayotgan Nazarov Baxrom Amonovich nomzodlarini tavsiya etdi.

Ushbu taklif Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi deputatlari tomonidan ma'qullandi.
Abdivali Mustanov bugun Xalq deputatlari Forish tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimi lavozimidan ozod etilgandi.