Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 2-dekabrda Jizzax viloyatiga tashrifi chogʻida investitsiya va eksport yoʻnalishlarida yangi boshqaruv tizimini joriy etish boʻyicha topshiriq berilgan edi.
Mazkur topshiriq ijrosi doirasida viloyat hokimligining yangi tashkiliy tuzilmasi shakllantirilib, qator tayinlovlar amalga oshirildi.
Xususan, Yusupov Baxrom Muzafarovich Jizzax viloyati hokimining togʻli hududlar va yaylovlarni rivojlantirish, investitsiya va savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida boʻlim boshligʻi sifatida faoliyat yuritib kelgan.
Shuningdek, Egamov Bekzod Abduvaliyevich Jizzax viloyati hokimining dasht va choʻl hududlarda sanoatni rivojlantirish, investitsiya va savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. U ham ushbu tayinlovga qadar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida boʻlim boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.