Unda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax hududiy boshqarmasi, IT-Park Jizzax filiali hamda Jizzax shahridagi 8-son Informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktab ishtirok etdi.

Festival doirasida oʻquvchilar tomonidan robototexnika hamda IT texnologiyalari boʻyicha koʻrgazma oʻtkazildi, dasturlash boʻyicha amaliy mashgʻulotlar tashkil etildi, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.