Shu bilan birga, Jizzax viloyatida iqtisodiyotni yangi bosqichga koʻtarish, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi daromadlarini oshirish uchun mavjud salohiyat toʻliq ishga solinmayapti.

Viloyat va tumanlar rahbariyatining bu boradagi faoliyati juda sustligi koʻrsatib oʻtildi.

Soʻnggi uch yilda Jizzaxda yillik aylanmasi 1, 10 va 100 milliard soʻmdan yuqori korxonalar koʻpaygani bilan oʻrta korxonalar sonining oʻsish surʼati kutilganidek boʻlmayapti.

Viloyat ekin yerida yetishtirilayotgan mahsulot boshqa viloyatlarga nisbatan 2 barobar kam.

Hudud sanoatining 80 foizi 3 ta tarmoq – avtomobilsozlik, toʻqimachilik va qurilish materiallari hissasiga toʻgʻri keladi. Farmatsevtika, charm-sanoat, metallurgiya, mebelchilik, elektrotexnika kabi tarmoqlarning ulushi juda kam.