“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi axborot xizmati xizmati xabariga koʻra, 2021-yilda umumiy qiymati 6,4 trln.soʻmlik 33 ta loyiha amalga oshiriladi va 1 966 nafar yangi ish oʻrni yaratiladi.

Mazkur loyihalarni moliyalashtirishga 1,2 trln.soʻm tashabbuskorlar mablagʻlari, 329,2 mlrd.soʻm va 88,9 mln.dollar bank kreditlari hamda 395,6 mln.dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar yoʻnaltiriladi.

Viloyatda 2021-2022-yillarda ham xorijiy investitsiya hisobiga bir qator loyihalar amalga oshiriladi.

Mazkur dasturga koʻra, hududda umumiy qiymati 145 mln dollar boʻlgan, yiliga 1 mln tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega yangi sement zavodi - “Ekotsement” MCHJ barpo etiladi.

Hozirda yangi sement zavodini qurish va Xitoy davlatidan asbob-uskunalar olib kelish ishlari boshlangan.