Unda 4-Jizzax okrug komissiyasi raisi, rais oʻrinbosari, kotibi va aʼzolari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi. Majlisda 4-Jizzax - Referendum okrugida Oʻzbekiston Respublikasi Referendumini oʻtkazish boʻyicha referendum uchastkalarini tuzish masalasi koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston Respublikasining «Oʻzbekiston Respublikasi Referendumi toʻgʻrisida»gi Qonunining 20-moddasiga asosan okrug komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Referendumini oʻtkazish boʻyicha referendum uchastkalarini shaharlar va tumanlar hokimlari taqdimnomalaridan kelib chiqqan holda tuzadi.

Majlisda shahar va 12 ta tuman hokimlarining tashkiliy-kadrlar guruhlari rahbarlari ishtirok yetib, mazkur saylov uchastkalari toʻgʻrisida taqdimot qildilar.

Yakunda Jizzax shahri va 12 ta tuman hududlari boʻyicha 522 referendum uchastkalarini tuzish boʻyicha qaror qabul qilindi.