Dastlab talabalar, yoshlar, milliy madaniy markazlar faollari, harbiylar, huquq-tartibot idoralari xodimlari Jizzax shahridagi Davlat xizmatlari markazidan yurish qilib, viloyat hokimiyati oldidagi 65 metrlik bayroq oldida saf tortishdi.
Hilpirab turgan ulkan bayroq ostida davlat madhiyasi ijro etildi. Shundan soʻng, viloyat hokimining oʻrinbosari Nazira Muxtorova, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Jizzax viloyat boʻlimi rahbari Iqboloy Umarova, harbiylar va yoshlar tadbir ishtirokchilarini bayram bilan tabriklab, bayrogʻimizning hayotimizdagi oʻrni va ahamiyati xususida gapirdilar.
Harbiylarning chiqishlari va viloyatning nomdor sanʼatkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar tadbir ishtirokchilariga xushnudlik bagʻishladi.
Farhod NEʼMATOV,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri