Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston kurash federatsiyasining yillik taqvim rejasidagi mamlakat chempionatida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 450 dan ortiq yosh polvonlar gʻoliblik uchun kurash tushdi.
Musobaqada oʻgʻil bolalar 8 vazn toifasida, qizlar esa 7 vazn toifasida kuch sinashdi.
Murosasiz oʻtgan chempionatning yakuniy natijalariga koʻra, quyidagi polvonlar oʻz vazn toifalarida barcha raqiblarini yengib, oltin medallarga ega boʻldi.
Oʻgʻil bolalar:
Botir Ziyodullayev (Qashqadaryo, 55 kg.), Temur Bobomurodov (Toshkent viloyati, 60 kg.), Lochin Xudoyqulov (Toshkent shahri, 66 kg.), Ahror Ziyodullayev (Toshkent shahri, 73 kg.), Toʻlqin Ochilov (Buxoro viloyati, 81 kg.), Ernazar Sarsenbayev (Toshkent shahri, 90 kg.), Suhrob Rajabov (Qashqadaryo viloyati, 100 kg.), Jaloliddin Bobojonov (Xorazm viloyati, +100 kg.).
Qizlar:
Hamida Fazliyeva (Buxoro viloyati, 44 kg.), Gulhayo Joʻrayeva (Qashqadaryo viloyati, 48 kg.), Dilola Dehqonboyeva (Toshkent shahri, 52 kg.), Sitora Elmurodova (Toshkent viloyati, 57 kg.), Ferangiz Radjepova (Buxoro viloyati, 63 kg.), Ravzaxon Adashova (Namangan, 70 kg.), Filura Ergasheva (Qashqadaryo, +70 kg.).
Gʻolib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovgʻalari bilan mukofotlandi.
Ilhom RAHMONOV