баннер
2 Apr 2025
08:34

    Jizzaxda yangi tugʻilgan chaqaloq oʻgʻirlab ketildi

    Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy markazi Jizzax filialidan yangi tugʻilgan chaqaloqni olib ketgan ayol IIB xodimlari tomonidan ushlandi.

    Maʼlumotlarga koʻra, Jizzax viloyatining Zafarobod tumani Yorqin shaharchasida yashovchi ayol 28-yanvar kuni Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy markazi Jizzax filialida oʻgʻil farzandni dunyoga keltirgan. 31-yanvar kuni taxminan kech soat 19:30 larda 25-30 yoshlardagi yuziga tibbiy niqob taqqan notanish ayol jabrlanuvchining xonasiga kirib, “bolangizni shifokor koʻrigiga olib boraman“ deb, chaqaloqni olib chiqib ketib qaytib kelmagan.

    Ushbu chaqaloqni olib ketgan shaxs protsessual tartibda qoʻlga olingan va unga nisbatan tegishli qonuniy chora koʻrilishi taʼminlanadi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech