Bu borada Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Bosh pochtamt” bojxona postida bir nechta huquqbuzarlik holatlari fosh etildi.

Xususan, xorijdan fuqaro R.Sh. nomiga kelgan pochta joʻnatmasi bojxona nazoratidan oʻtkazilganda, joʻnatma ichida ekspert xulosasiga koʻra, tarkibida “giyohvandlik” moddasi boʻlgan 28 dona “ROKACET” nomli dori vositasi borligi aniqlandi.

Yana bir holatda, fuqaro X.O. nomiga kelgan joʻnatmada 80 dona “ACAMOL” nomli tarkibida “giyohvandlik” moddasi boʻlgan dori vositasi borligi aniqlandi.

Bundan tashqari, fuqaro K.G nomiga kelgan pochta joʻnatmasida “BONDORMIN” nomli psixotrop dori vositasi borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.