"Jordan Aviation" O‘zbekistonda parvozlarni rejalashtirmoqda

    Iordaniya Qirolligining "Jordan Aviation" aviakompaniyasi Amman va Toshkentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi.

    Birinchi yo‘lovchi charter reysi 2022-yil 13-dekabr kuniga belgilangan. Reyslar haftasiga bir marta Boeing 767 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

    "Jordan Aviation" — shtab-kvartirasi Ammanda joylashgan Iordaniya aviakompaniyasi. Kompaniya charter reyslarini amalga oshirishdan tashqari, BMT tinchlikparvar missiyalari uchun havo transportida yuklarni yetkazib beruvchisi hisoblanadi.