Mart oyidan Oʻzbekiston boʻylab 5G texnologiyasi joriy etiladi

    Joriy yil mart oyidan boshlab mobil Internet tezligi oshiriladi va butun mamlakat boʻylab 5G texnologiyasi joriy etiladi.

    Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Oʻzbektelekom” AK axborot xizmati rahbari Temur Mamajonov maʼlum qildi:

    Shuningdek, mamlakat boʻylab 3 000 dan ortiq mavjud tayanch stansiyasi eng soʻnggi texnologiyalar boʻyicha yangilanadi va 2 000 dan ortiq yangi tayanch stansiyasi qurilib, ishga tushiriladi.

    Loyihaning muhim bosqichi qator tayanch stansiyalarini 5G standartiga yangilash jarayoni hisoblanadi.

    Natijada mobil aloqa abonentlari beshinchi avlod tezligida mobil internetdan bemalol foydalanishlari mumkin boʻladi.

    Oʻzbekistonda birinchi marta flagman smartfonlar, jumladan, iPhone egalari 5G texnologiyasidagi mobil internetdan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi.