«Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmoni bilan eksport hajmining 5,0 mlrd dollarga yetkazish, korxonalarning quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish, boʻsh ish oʻrinlarni toʻldirish vazifasi qoʻyildi va bunda katta salohiyatga ega boʻlgan gilamchilik va uy toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirishga urgʻu berildi.
Jumladan, Taraqqiyot va tiklanish jamgʻarmasi tomonidan 2023 yilda sohani rivojlantirish uchun 300 mln dollar imtiyozli mablagʻlar ajratilib, ularning 200 mln dollari toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarning aylanma mablagʻlarini toʻldirishga, 100 mln dollari esa gilamchilik va uy toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
Eksport qilishda tashish xarajatlarining 70 foizini kompensatsiyalar tartibi kengaytirilib, endilikda Yevropa davlatlariga qoʻshimcha ravishda Turkiya, Marokash, Shimoliy va Janubiy Amerika, Arab, Koreya va Yaponiya davlatlariga hamda tayyor mahsulotlar bilan birgalikda gazlama va trikotaj matolarga xam joriy qilinadi. Buning natijasida joriy yilda 210 dan ortiq eksportchi korxonalar ushbu subsidiyalardan foydalanib 100 mln. dan ortiq dollarlik eksport amalga oshirilishi imkoniyati yaratildi.
Tashqi bozorlarda toʻqimachilik mahsulotlarini sotishga moʻljallangan yirik savdo omborlarini tashkil etish xarajatlari Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan qoplab beriladi. Joriy yilda 10 ta (Germaniya, Italiya, Polsha, Rossiya, Portugaliya, Fransiya, Turkiya, Yaponiya, Angliya, Marokash) davlatlarida Oʻzbekiston toʻqimachilik xablarni tashkil etish orqali 200 mln dollarlik eksport amalga oshirish imkoni yaratiladi.
Ishlab chiqarishni kengaytirish uchun gilamchilik, uy tekstili va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan 100 mln.doll. 3 yillik imtiyozli davr bilan 4-5 foizdan 10 yil muddatga ajratiladi. 2024 yilda qoʻshimcha 100 mln.doll ajratiladi. Ushbu loyihalar amalga oshirilishi natijasida ip kalavani qayta ishlash darajasi 60 foizni tashkil etadi. 85 trln soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, oʻsish surʼati 119 foizni tashkil etadi. 50 ta yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilishi oʻzlashtiriladi.