Ushbu tadbirlar doirasida joriy yilda 128 ta quduqda burgʻilash, 594 ta quduqda kapital taʼmirlash, 27 ta texnologik obyektlarda qurilish-taʼmirlash, modernizatsiya va rekonstruksiya ishlarini olib boriladi. Natijada 34 112,2 mln kub metr tabiiy gaz, 100 ming tonna neft, 1 408,954 ming tonna suyuq uglevodorodlar qazib chiqarish hamda 674,154 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Joriy yilning birinchi choragida 8 308,301 mln kub metr tabiiy gaz, 26,627 ming tonna neft, 396,992 ming tonna suyuq uglevodorodlar qazib chiqarildi va 176,652 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarilib, isteʼmolchilarga yetkazib berildi.
Ushbu natijalarga erishish maqsadida Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida quyidagi geologik-texnik tadbirlar amalga oshirildi:
Alan” konidagi 222-, 220-Bis-sonli, “Zevarda” konidagi 326-,328-sonli, “Oʻrtabuloq” konidagi 241-sonli, “Janubiy Muborak” konidagi 52-sonli quduqlarni burgʻilashdan ishga qoʻshildi. “
Shimoliy Tegirmon” konidan “Gʻarbiy Tegirmon” konigacha 7000 metr uzunlikda diametri 168 mm lik gaz quvurini montaj qilindi.
“Alan” siquv kompressor stansiyasining 2-sonli qurilmasidan “Koʻkdumoloq” siquv kopressor stansiyasining 2-, 3-sonli qurilmasigacha diametri 426 mm lik 280 metr uzunlikdagi tabiiy gaz quvurini montaj qilindi.
“Alan” 5-sonli kirish tarmoq tizimidan “Alan” siquv kompressor stansiyasi 2-sonli qurilmasigacha boʻlgan 700 metr uzunlikdagi diametri 426 mm lik tabiiy gaz quvuri montaj qilindi.
Ayni paytda “Alan” konidagi gaz haydash agregatlarida olib boirlayotgan modernizatsiya ishlari yakuniga yetkazilmoqda.
Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida quyidagi geologik-texnik tadbirlar amalga oshirildi:
“Shoʻrtan” konidagi 355-, 344-sonli quduqlar burgʻishdan ishga qoʻshildi.
20-sonli yigʻuv punktida Gazni dastlabki tayyorlash qurilmasi qurildi. 20-, 34-sonli yigʻuv punktlaridan Gazni dastlabki tayyorlash qurilmasigacha boʻlgan har xil oʻlchamdagi 3 500 metr quvur almashtirildi.
Nomozboy” konida Gazni seolit yordamida quritish qurilmasini (UTSOG) barpo etilib, “Hududgaztaʼminot” AJ bilan shartnoma asosida kondan qazib chiqarilgan tabiiy gazni toʻgʻridan-toʻgʻri Gʻuzor tumani aholisiga berish ishlari yoʻlga qoʻyildi.
Bugungi kunda boshqarmaning “Nishon” siquv kompressor stansiyasidagi gaz haydash agregatlarida modernizatsiya ishlari olib borilmoqda.
Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida quyidagi geologik-texnik tadbirlar amalga oshirildi:
“Qulbeshkak” konidagi 66-, 67-sonli quduqlar va “Xojiqazgan” konidagi 59-, 66-sonli, “Doyaxotin” konidagi 104-sonli quduqlar burgʻilashdan ishga qoʻshildi.
Propan butan aralashmasi olish qurilmasida qoʻshimcha harorat almashtirgich apparatlari montaj qilindi.
Bugungi kunda diametri jami uzunligi 47 km boʻlgan diametri 1020 mm li “Doyaxotin-Gazli GQIZ” gaz quvurini montaj qilish ishlari olib borilmoqda.
Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasida quyidagi geologik-texnik tadbirlar amalga oshirildi:
“Quyi Surgil” konidagi 21-sonli, “Arslon” konidagi 27-sonli, “Sharqiy Berdaq” konidagi 65nn-sonli, “Shimoliy Berdaq” konidagi 109-sonli quduqlar burgʻilab, ishga qoʻshildi.
“Quyi Surgil” koni 2-yigʻuv punktidan “Surgil” gazni kompleks tayyorlash qurilmasigacha diametri 426 mm lik 2 400 metr uzunlikdagi quvur montaj qilindi.
Bugungi kunda “Shagirlik” konidan “Sharqiy Berdaq” Siquv kompressor stansiyasigacha 17 km uzunlikdagi diametri 219 mm li gaz quvurini montaj qilish ishlari olib borilmoqda.
Shu bilan birga qazib chiqarilgan tabiiy gazni qayta ishlash zavodlari va isteʼmolchilarga yetkazib berish maqsadida “Oʻzbekneftgaz” AJ tasarrufidagi boshqarmalar va Qoʻshma korxonalarga qarashli konlarda nazorat oʻlchov asboblari va sarf oʻlchov asboblari montaj qilingan boʻlib, hozirgi kunda jihozlarda doimiy nazorat ishlari olib borilmoqda.
“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati