Toʻgʻrisi ushbu kongressda birinchi marta ishtirok etishim, ammo juda taʼsirlandim. Oʻzbekiston madaniy merosi poydevori Samarqandni oʻz ichiga olgan. Tarixiy Samarqand bu metodlarning barchasini qamrab olgani ahamiyatli. Hozirgi zamonda oʻtmishning merosiga sohib chiqish va uni keyingi avlodlarga yetkazish ham juda muhim. Ushbu nufuzli tadbirni ham xayratga soladigan, ham oʻylantiradigan voqelik deb hisoblayman.
Kongress oʻz ichiga ilmiy loyihalarni jamlagan. Kitob-jurnallarda taqdim qilingan toʻplamlarni bugungi avlodga tushunarli tarzda raqamli formatda ham taqdim etishni taklif qilgan boʻlardim.
Miniatyura janri haqida ham gapirmoqchiman. Bugun ushbu sanʼatning madaniy meros sifatida saqlanib kelinayotgan namunalari haqida ham konferensiya tashkil etildi. Shunda Oʻzbekiston chinakamiga miniatyura markazi ekanligiga amin boʻldim. Buni hozirgi kunda asrash va kelajak avlodga yetkazish juda muhimdir!