Joylarda “Chiqindisiz dunyo uchun!” ekoaksiyasi oʻtkaziladi

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyatlarda keng jamoatchilik bilan birgalikda “Chiqindisiz dunyo uchun!” ommaviy plogging ekoaksiyasi tashkil etiladi.

    Tadbir Oʻzbekiston boʻylab joriy yilning 30-mart (shanba) kuni soat 10:00da boshlanadi.

    Ekoaksiya respublikamiz boʻylab hududlarning quyidagi manzillarida oʻtkaziladi:

    Toshkent viloyati — Toshkent dengizi sohili boʻyida;

    Toshkent shahri — Yakkasaroy tumani, Sharshara koʻchasida;

    Sirdaryo viloyati — Guliston shahri, “Yangi Hayot” MFY, Buyuk kelajak koʻchasida;

    Jizzax viloyati — Sharof Rashidov tumani, “Toqchilik” MFY va Uchtepa dahasini bogʻlovchi katta yoʻl yoqasida;

    Samarqand viloyati — Samarqand shahri, “Hishrav” qoʻrgʻonida;

    Navoiy viloyati — Navoiy shahri, “Kimyogar” MFY, Amir Temur koʻchasida;

    Buxoro viloyati — Buxoro shahri, “Somoniylar” istirohat bogʻining eski qalʼa devori bilan tutash hududida;

    Surxondaryo viloyati — Boysun tumanida;

    Xorazm viloyati — Urganch shahri, “Amir Temur” istirohat bogʻida;

    Qashqadaryo viloyati — viloyat markazidagi “Alisher Navoiy” nomidagi istirohat bogʻi hududida;

    Andijon viloyati — Andijon tumani, “Yangi Andijon” massivida;

    Namangan viloyati — Toʻraqoʻrgon tumani, “Baxt” MFY hududidan oʻtuvchi avtomobil yoʻlida;

    Fargʻona viloyati — Fargʻona shahri, “Satkak” dam olish ziyoratgohida;

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi — Nukus shahri, “Doʻstlik kanali” boʻyi dam olish maskanida.