Qarorga koʻra, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarining 24 soat mobaynida tunu kun faoliyat yuritishga doir jamoat xavfsizligi boʻyicha soddalashtirilgan talablar oʻrnatiladi. Bunda Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan:
- yirik shaharlarda, viloyatlar va tumanlar markazlarida tashkil etiladigan savdo va koʻngilochar koʻchalarda qoʻshimcha patrullik yoʻnalishlari va postlar tashkil etiladi;
- xizmatga jalb qilingan naryadlarning zichligini oshirishni nazarda tutgan holda mavjud kuch-vositalar taqsimotiga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi;
- tadbirkorlar mol-mulkini qoʻriqlash, har xil favqulodda holatlarning oldini olish boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻriladi.
Qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.