JSST bosh direktori Tedros Adhanom Gebreesus tashkilotning Jenevadagi shtab-kvartirasida oʼtkazilgan onlayn matbuot anjumanida mazkur epidemiya bilan bogʼliq soʼnggi oʼzgarishlarni oʼrtaga chiqardi.
Gebreesus, "Bizning mutaxassislarimiz oʼz sohasida tajribali. Ular ana shu tajribaga qarab tanlangan" deya bayonot berdi.
Ekspertlar roʼyxati tasdiqlash bosqichida ekanini tushuntirgan Gebreesus, aʼzolarning bahosi 2 haftalik muddatdan soʼng eʼlon qilinishini aytdi.
JSST favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Maykl Rayan butun insoniyat, jumladan, dunyoni "toʼxtatgan" bu virusning manbasi haqida qiziqayotganini taʼkidlab, "Men barcha mamlakatlarni, jurnalistlarni va boshqalarni bu masalani muhokama qilishga chaqiraman" dedi.
Rayan, bu urinish Covid-19 ning kelib chiqishini topish uchun "oxirgi imkoniyat" boʼlishi mumkinligini taʼkidladi.
Suhrob TUGАLOV tayyorladi.