“Buning bir qator sabablari mavjud: o'ta yuqumli del`ta shtammi, emlanmagan yoki immuniteti past odamlar, sovuq ob-havo tufayli asosan yopiq binolarda olib borilayotgan faoliyat”, dedi u  “Izvestiya” nashri bilan suhbat chog'ida.

Shu bilan birga, mintaqada emlash kampaniyasi juda muvaffaqiyatli davom etmoqda. Markaz ma'lumotlariga ko'ra, Evropa Ittifoqi va Evropa iqtisodiy zonasida aholining 64,9 foizi allaqachon emlangan.

Maqolada emlash pandemiyaga qarshi kurashning ustuvor usuli ekanligi alohida ta'kidlangan. Ammo endi infektsiya yuqtirishni kamaytirish uchun cheklovchi choralarini kuchaytirish zarur. Avstriyada emlanmaganlar uchun blokirovka joriy qilingan. Yangi cheklovlar Germaniya rasmiylari tomonidan muhokama qilinmoqda, deb yozadi nashr.