Bugungi kunda dunyo boʻylab 20 milliondan ortiq koronavirusning tasdiqlangan holatlari mavjud. Amerika Jons Xopkins universiteti maʼlumotlariga koʻra, yaqin kunlarda pandemiya qurbonlari soni 750 mingdan oshadi.

Infeksiya Lotin Amerikasi va Osiyo mamlakatlarida katta tezlikda tarqalmoqda. Euronewsga koʻra, Yevropada COVID-19ning yangi oʻchoqlarini boshqarishga erishildi, ammo infeksiyaning koʻpayishi hali ham kuzatilmoqda.

Kasallikning mavsumiy tabiati hali tasdiqlanmagan, deb taʼkidladi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti.

“Qattiq nazorat qilinmasa, virus qaytadi. Biz Yevropa mamlakatlariga takrorlaymiz: infeksiya tarqalishini nazorat qilishni davom eting, bosimni susaytirmang. Bizning bosh direktorimiz aytganidek, infeksiyaga qarshi kurashish, kurashish, kurashish kerak”, dedi JSSTning favqulodda vaziyatlar boʻyicha direktori Maykl Rayan.

Koronavirusga qarshi kurash Ispaniyada, Albacete shahrida davom etmoqda, 19 nafar mavsumiy ishchi infeksiyani yuqtirgan. Ularning barchasi koronavirusning alomatsiz tashuvchisi boʻlib chiqdi. Mutaxassislar aholida koronavirus mavjudligini tekshirish hajmini oshirish zarurligini xabar qildi.