“Virus haqida hamma narsani, shu jumladan, epidemiya qanday boshlanganini bilib olsak, unga qarshi yaxshiroq kurashishimiz mumkin”, dedi u. JSST rahbari ushbu guruhning vazifasi aynan nima boʻlishini eʼlon qilmadi.
Uning taʼkidlashicha, koronavirus pandemiyasi global tarzda tobora kuchayib bormoqda. Shu bilan birga, koʻplab davlatlar infeksiyaga qarshi kurashda yutuqlarga erishdi, deya qoʻshimcha qildi u, umidni yoʻqotmaslikka undagan holda.
COVID-19 koronavirusining tarqalishi Xitoyda 2019-yil oxirida yuzaga kelgandi. Hozirgi kunda dunyoda 10,4 milliondan ortiq odam ushbu virus bilan kasallangan, 508 mingdan ortiq bemor vafot etdi.