Koronavirus infektsiyasi shiddat bilan tarqalayotgan 11 ta mamlakat ro'yxati shakllantirildi. Ular orasida Markaziy Osiyo mamlakatlari ham bor. Bu haqda Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti Evropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyugening aytib o'tdi. 

"Mamlakatlar choralarga tuzatishlar kiritayotgan bir necha hafta davomida men infektsiya qayta avj olishi xavfi haqida gapirgan edim. Evropaning ayrim mamlakatlarida bu xatar real tus oldi - 30 ta davlat va hududlarda oxirgi ikki hafta davomida yangi holatlar soni ortdi. SHu davlatlarning 11 tasida kasallikning shiddat bilan tarqalishi kuzatilmoqda.  Agar buni to'xtatmasa, bu avj olish yana Evropa sog'liqni saqlash tizimini inqiroz yoqasiga olib kelib qo'yadi", - dedi Klyuge.

Klyuge tomonidan ko'rsatilgan 11ta davlat ro'yxatiga Armaniston, SHvetsiya, Moldova, SHimoliy Makedoniya, Ozarbayjon, Qozog'iston, Albaniya, Bosniya va Gertsegovina, Qirg'iziston, Ukraina va Kosovo kiritildi.