JSST koronavirusni davolashda samarasiz deb topilgan dorilarni ma'lum qildi

    Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti “Remdesivir” COVID-19da o'lim holatlarining kamayishiga yordam bermasligini aytdi.

    BBC xabariga ko'ra, ushbu preparatdan tashqari, koronavirusni davolashda umidvor bo'lingan boshqa dorilar (ebolani davolash uchun ishlab chiqarilgan antivirus preparatlari) — gidroksixloroxin, lopinavir/ritonavir va interferon ham sinovdan o'tkazildi. Natijalar ishlab chiqaruvchilarni unchalik ham xursand qilmadi.

    “Afsuski, ushbu tadqiqotda barcha dorilar o'lim ko'rsatkichlarining o'zgarishi nuqtai nazaridan umidbaxsh emasligi ma'lum bo'ldi. Bunday natija ayrim mamlakatlar, mintaqalar yoki aholini hisobga olmaganda sezilarli darajada o'zgarmadi, ya'ni o'lim ko'rsatkichlarini kamaytirmadi”, deb qayd etadi JSST.

    Yaqinda “Remdesivir” koronavirusga chalingan AQSH prezidenti Donal`d Trampni davolashda ishlatilgan edi.