Masalan, 28-martdan 3-aprelga qadar yer yuzida SOVID-19 ni yuqtirganlar soni 10 million 351 nafarni tashkil etdi. Shundan 26 mingdan ziyod kishi xastalik tufayli hayotdan koʻz yumgan.

JSSTning maʼlum qilishicha, bu oʻtgan haftada oʻlim koʻrsatkichlari avvalgi haftaga nisbatan 43 foizga, infeksiyani yuqtirish holatlari esa 16 foizga kamayganini anglatadi.

Oʻlim darajasi Janubi-Sharqiy Osiyoda ayniqsa, keskin pasaygan — 73 foiz. Shimoliy va Janubiy Amerikada ham koʻrsatkichlar ijobiy — 63 foiz.

Kasallanishlar soni kamayishi esa barcha mintaqalarda qayd etildi. Xususan, Afrika qitʼasida 19, Yevropa davlatlarida 16 va Gʻarbiy Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarida 16 foiz pasayish kuzatildi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining xulosasiga koʻra, koronavirus infeksiyasi rivojlanishda davom etmoqda. Shunday ekan, kelgusida uning yangi variantlari paydo boʻlishini istisno etib boʻlmaydi.