— Vaksinalarni global yetkazib berishni nazorat qiladigan kompaniyalar va davlatlar, dunyoning kambagʻal mamlakatlari ortib qolgan vaksinalar bilan kifoyalanishi kerak, deb hisoblasalar, men jim turmayman, — dedi u. — Past va oʻrta daromadli davlatlarning ham tibbiyot xodimlari, qariyalar va boshqa xavf guruhlari bir xil himoya huquqiga ega.

Avvalroq Tedros sentabr oyining oxirigacha “moratoriy” joriy etishni taklif qilgan edi. Ammo boy davlatlar, shu jumladan, Isroil, Buyuk Britaniya, Daniya, Fransiya, Germaniya, Ispaniya va AQSH oʻzining zaif immunitet tizimiga ega aholi guruhida ikki dozali emlashning uchinchi dozasini qoʻllashni koʻrib chiqmoqda.

JSST rahbari shu oyda oʻtkazilgan J-20 uchrashuvida sogʻliqni saqlash vazirlaridan yil oxirigacha “oʻz aholisining kamida 40 foizini emlash majburiyatini olgani” toʻgʻrisida xabar kelganini aytdi.

— Bir oy oldin, men, hech boʻlmaganda sentyabr oyining oxirigacha butun dunyo boʻylab, vaksinaning birinchi dozasini hali olmagan, xavf ostida boʻlgan odamlarni emlash uchun kuchaytiruvchi dozalarga global moratoriy chaqirgan edim. Oʻshandan beri global vaziyatda juda kam narsa oʻzgardi, — dedi Tedros.

Tedrosning aytishicha, butun dunyo boʻylab joriy qilingan 5,5 milliard dozalik vaksinaning taxminan 80 foizi yuqori daromadli mamlakatlarga yuborilgan.

Uning taʼkidlashicha, ishlab chiqaruvchilar katta pul toʻlashga tayyor boy davlatlar bilan ikki tomonlama bitim tuzishga ustuvor ahamiyat berganlari uchun kam taʼminlangan davlatlar oʻz xalqlarini himoya qilish vositalaridan mahrum boʻlishdi.

Xalqaro farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari va uyushmalari federatsiyasi kompaniyalar koronavirusga qarshi emlash dozalarini oyiga taxminan 1,5 milliard miqdorida ishlab chiqarayotganini aytdi, shuning uchun vaksinani ushlab turgan badavlat hukumatlarning “Endi bunday qilishiga hojat yoʻq”ligi taʼkidlandi.