“Aviakompaniyalar ogʻir ahvoldagi yoki parvoz chogʻida sogʻligʻi yomonlashishi mumkin boʻlgan baʼzi yoʻlovchilarni samolyotga chiqarishdan bosh tortish huquqiga ega”, — deyiladi JSST hujjatida.

Ular quyidagilar:

- tugʻilganiga 48 soat toʻlmagan (yoki muddatidan avval dunyoga kelgan) chaqaloqlar;

- homiladorlikning 36-haftasi yoki undan ortiq davrida boʻlgan ayollar (koʻp homiladorlik uchun bu koʻrsatkich 32 haftaga teng)

- stenokardiya va koʻkrak qafasidagi ogʻriq, yuqumli kasalliklar, yurak-qon tomir tizimi xastaliklariga chalinganlar;

- yaqinda infarkt yoki insultni boshdan kechirganlar;

- tanada havo yoki gaz toʻplanishi mumkin boʻlgan jarohatlari bor va yaqinda oshqozon, ichak, koʻz, yuz yoki bosh miya operatsiyalarini oʻtkazganlar;

- nafas olish tizimi bilan bogʻliq oʻtkir va uzoq muddatli xastaliklardan aziyat chekuvchilar;

- pnevmoniya tashxisi qoʻyilganlar;

- tinch holatda nafas qisishi xuruj qiluvchilar;

- oʻroqsimon hujayrali anemiyaga chalinganlar;

- pnevmotoraks (oʻpka teshilishi) aniqlanganlar;

- quloq infeksiyasi bor bemorlar;

- dekompressiya kasalligi bilan ogʻriganlar;

- bosh miyada bosim oshishidan (qon ketishi, jarohatlar yoki infeksiya tufayli) qiynaladigan kishilar.

Ekspertlarning qoʻshimcha qilishicha, bu roʻyxat turli aviakompaniyalar talablari asosida biroz farqlanishi ham mumkin.

Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.