Agentlikning maʼlum qilishicha, uzoq yillar davomida oʻzi yashab kelayotgan uyini rasmiylashtirib olishni niyat qilib yurgan halol insonlar koʻp ammo, vaziyatdan foydalanib, noqonuniy yoʻllar bilan daromad qilishni reja qilib yurgan “uddaburonlar“ ham yoʻq emasligini aytib agentlik fuqarolarni bunday nopok kimsalarning har qanday soʻzlari va vaʼdalariga ishonmaslikka chaqirdi.
Birinchidan, mahallalar aniq tasdiqlangan reja asosida xatlovdan oʻtkaziladi. Biri qolib ikkinchisiga oʻtilmaydi, yaʼni xalq tili bilan aytganda “tezlashtirib berishning imkoni yoʻq“.
Ikkinchidan, xatlovdan keyin “Eʼtirof“ dasturiga kiritilgan har bir holat boʻyicha 15 dan ortiq vazirlik va idoralar xulosalarini beradi hamda kosmik suratlar yordamida tahlil qilinadi. Xalq tili bilan aytganda “ilojini qilib oʻtkazib boʻlmaydi“.
Uchinchidan, xatlov jarayonida qonun bilan aniq belgilab berilgan 8 ta toifaga kiruvchi holatlar oʻrganiladi. Hozirda egallab olib, qurilish qilib qonuniylashtirib olishni reja qilayotganlar javobgarlikka tortiladi va bu ishlar ham axborot tizimlari orqali nazorat qilinadi. Xalq tili bilan aytganda “tanish-bilish oʻtmaydi“, — deyiladi murojaatda.









