Kadastr pasportini qancha vaqtda rasmiylashtirish mumkin?

    Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so'ng 1 oy mobaynida to'lov qiymatini to'laydi.

    Hukumat qaroriga koʻra, mamlakatimizda koʻchmas mulk obyekti boʻyicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtirish yoʻlga qoʻyilgan. Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXPdan roʻyxatdan oʻtadi. Davlat xizmatlari markazi tomonidan mazkur jarayonning muddati va shartlari haqida kichik material tayyorlandi.

    Unga koʻra, koʻchmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi boʻyicha kadastr pasportini olish quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

    koʻp kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;

    yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha;

    Koʻchmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi boʻyicha:

    umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;

    umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;

    umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;

    umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;

    umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha — 20 ish kunigacha;

    umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq — 25 ish kunigacha.

    Kadastr yigʻma jildi shakllantirilgandan soʻng kadastr pasportini berish uchun toʻlov miqdori qiymati koʻrsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

    Ariza beruvchi xabarnomani olgandan soʻng 1 oy mobaynida toʻlov qiymatini toʻlaydi. Kadastr pasportini berish uchun toʻlov qiymatlari Hukumatning tegishli qarori bilan belgilanadi.