Maʼlum qilinishicha, u oʻz xizmat mavqeyidan foydalanib, 1975-yilda tugʻilgan fuqaroning ishonchiga kirgan. Bosh inspektor mansabdor tanishlari orqali fuqaroning yashash uyiga oid kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish va ularni muddatidan oldin tayyorlab berish evaziga 1500 AQSH dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda u 1000 AQSH dollari va 6 mln 50 ming soʻm pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, fuqarolar kundalik hayotda shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelgan taqdirda Davlat xavfsizlik xizmatiga 1520 qisqa raqami orqali murojaat qilishlari mumkin. Murojaat etuvchilarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.