Rasmiy xabarlarga ko‘ra, taxminan 27 kilometrlik neft quvuri yopilgan va bo‘shatilgandan keyin oqim to‘xtagani ma’lum qilingan.
Mahalliy aholiga okean suvlaridan foydalanmaslik tavsiya etildi.
Matbuot anjumanida Xatington-Bich shahri meri Kim Karr 3300 kvadrat kilometrlik maydonga 3 ming bareldan ortiq (409 tonna) xom neft tarqalganini ma’lum qildi.
Yig‘ilishda 14 ta tozalovchi qayiq 70 bochkadan ortiq yog‘ni tozalagani, oqim tarqalishining oldini olish uchun 1,5 kilometrlik himoya to‘sig‘i yaratilganini aytgan.
Oqim 2-oktyabr kuni ertalab shtat janubidagi Xanting-Bich va Nyuport-Bich sohillaridan 8 kilometr uzoqlikda, 30 metr chuqurlikdagi neft quvurida aniqlangan.
Ekologik qo‘riqlanadigan hududlar xavf ostida qolgan.
Tabiatshunoslar zararlangan hududlarda qorli plover, Kaliforniya yirtqich va dumaloq kitlari kabi yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlar borligini ta’kidladi.
Atrof-muhitni muhofaza qilish tashkilotlari neftning tabiatga ta’siri hech qachon to‘liq aniqlanmasligini, okean tubining tiklanishiga esa 10 yillar kerak bo‘lishini taxmin qilmoqda.

Suhrob Tugalov tayyorladi