Uning fikricha, yaqin 15 yil ichida zaharli gaz ishlab chiqarishni 35 foizga qisqartirish boʻyicha maqsadiga erishishiga yordam beradi ekan. Mavjud maʼlumotlarga qaraganda, shtat boʻyicha tarqaladigan barcha zararli moddalarning yarmi aynan avtomobillarga toʻgʻri keladi ekan. Bu esa Los-Anjeles va Kaliforniya vodiysida havoda har kuni qurum paydo boʻlishiga olib kelyapti ekan. Nyusomningsoʻzlariga qaraganda, qazib olinadigan yoqilgʻidan voz kechish payti kelgan.

“Bu iqlim oʻzgarishiga qarshi qabul qiladigan qarorimizning eng samaralisi boʻladi”, — deb taʼkidladi Gubernator. Nyuson, shuningdek, bir necha oʻn yillar davomida avtomashinalar biz va bolalarimiz nafas olayotgan havoni bulgʻab kelishi, endi esa bolalarimizda astma keltirib chiqarilishiga, avtomobillar oʻrmon yongʻinini keltirib chiqarishiga, muzlarning erib ketishiga, buning natijasida dengizlar sathi koʻtarilishiga yoʻl qoʻyib boʻlmasligini taʼkidladi.

Shunday boʻlsada, qabul qilingan qaror ichki yonish dvigateli bilan ishlaydigan avtomobillarning butunlay yoʻq boʻlib ketishiga olib kelmaydi. Taʼqiq faqat yangi mashinalar sotuviga qaratilgan. Eski avtomashina egalari oʻz mashinalaridan foydalanishda davom etishi yoki ularni arzon bozorda soti yuborishi mumkin.

Hukumat hozircha, xususiy skektor bilan birgalikda shtat boʻyicha ham yerda elektromobillar uchun quvvatlovchi stansiyalar tashkil etish bilan shugʻullanmoqchi. Bu esa mahalliy aholining elektromobillardan foydalanish imkoniyatini yengilashtiradi.

Taxminlarga koʻra, 15 yillardan keyin elektromobil va oddiy avtomobillar narxi tenglashadi, deb xabar beradi Rossiyskaya gazeta.