Rossiya Federatsiyasining Kaliningrad viloyatida patent asosida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi chet el fuqarolariga non, qandolat mahsulotlari va bolalar ovqatini ishlab chiqarish kabi sohalarda hamda jamoat transportida haydovchi va oʻqituvchi boʻlib ishlash taqiqlanadi.
Kaliningrad viloyati gubernatori Anton Alixanov tomonidan 2021-yil 23-iyun kuni imzolangan mazkur farmon uch oydan soʻng kuchga kiradi va bir yil davomida amal qiladi.