Kalsiyning o'zlashtirilishini yaxshilaydigan mahsulotlar nomi aytildi

    Diyetolog Mixail Ginzburgning so'zlariga ko'ra, diyetaga D va K2 vitaminlari bo'lgan oziq-ovqatlarni kiritish kerak. Chunki ular kalsiyning organizm tomonidan o'zlashtirilishini yaxshilaydi.

    Kalsiy sut va sut mahsulotlarida mavjud. Odamlar odatda yetarli miqdorda kalsiy iste'mol qilishadi, lekin uning o'zlashtirilishiga hissa qo'shadigan oziq-ovqatlarni iste'mol qilishmaydi.

    Diyetolog barcha turdagi dukkaklilarni parhezga kiritishni maslahat berdi, chunki ular K2 vitaminiga boy. Shuningdek, yog'li baliq, baliq yog'i va tuxum sarig'ini iste'mol qilishni tavsiya etdi, chunki ularda D vitamini bor.

    Ba'zi ovqatlar esa, aksincha, organizmdagi kalsiyni cheklab qo'yadi. Bular kofeinli ichimliklar va oziq-ovqatlar, tuz, palma yog'i, soda, deyiladi mir24.tv saytida.