Toshkent supermarketlarida oziq-ovqat narxlari oshdimi?

    Mamlakatimizda 19 Iyun 2025 1748

    Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 2025-yil iyun oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari boʻyicha kuzatuv oʻtkazildi.

    Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti maʼlum qildi.

    Monitoringga koʻra, 9 nomdagi mahsulotning minimal narxi may oyiga nisbatan pasaygan. Jumladan, oqbosh karam 64,2 foizga, pomidor 44,7 foizga, bodring 36,5 foizga, lavlagi 21,5 foizga, banan 13 foizga, olma 8,4 foizga, guruch 7,3 foizga, mol goʻshti (file) 6,3 foizga va kartoshka 6 foizga arzonlashgan.

    6 turdagi mahsulotda esa minimal narxlar oshgan. Eng katta oʻsish limonda qayd etilgan. Bu mavsumiy omillar bilan izohlanmoqda.

    Shuningdek, 6 nomdagi mahsulot: bugʻdoy uni, grechka, makaron, tuxum, margarin va kungaboqar yogʻining narxlari oʻzgarmagan.

    Tahlil 2025-yil 7-may va 12-iyun kunlari olib borilgan monitoring natijalari asosida amalga oshirilgan.