Avstraliyaning Melburn shahridagi Tyorner nomidagi miya va ruhiy salomatlik instituti olimlari ana shunday xulosaga kelishdi.
Tadqiqotchilar 1995-yildan 1998-yilgacha va 2001-yildan 2003-yilgacha uyqu bo'yicha o'tkazilgan ikkita tadqiqotda qatnashgan 60 yoshdan oshgan 346 kishining ma'lumotlarini tahlil qilishdi. Ma'lum bo'lishicha, uyquning o'rtacha davomiyligi ikkinchi tadqiqotning boshida qisqargan, bu yosh bilan bog'liq holda uyqu davomiyligining sekin kamayishini ko'rsatadi. Keyingi 17 yillik kuzatuv davomida demensiya bilan bog'liq 52 ta holat qayd etildi.
Ma'lumki, to'yib uxlash miyaning sog'lom qarishini ta'minlaydi va metabolik chiqindilarni markaziy asab tizimidan, shu jumladan Alsgeymer kasalligida to'plangan oqsillarni tozalashga yordam beradi.
Tadqiqot natijalari uyquning kamayishi demensiya uchun o'zgaruvchan xavf omili bo'lib xizmat qilishi mumkinligini ko'rsatdi, deb xabar beradi lenta.ru.