Anjuman doirasida “Kamalak” bilimdonlari”, “Eng namunali hududiy Sardorlar Kengashi” hamda “Yil sardori” tanlovlarining Respublika bosqichi, "Zakovat” intellektual o‘yini, “Xalqlar do‘stligi” raqslar tanlovi, “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovi, “Bo‘yinbog‘siz uchrashuv” loyihasi, “Bitiruvchilar kechasi” loyihasi, “Anjuman CUP” futbol musobaqasi hamda “Quvnoq estafeta” musobaqalari o‘tkazildi. 

Anjumanning yopilish marosimida Yoshlar ishlari agentligi direktori ishtirok etdi. Ushbu marosimda 5 kun davomida loyiha va tanlovlarda faol qatnashib, g'olib bo'lgan ishtirokchilar taqdirlandi.