Bu haqda Davlat dumasining O'zbekiston parlamenti bilan aloqalar bo'yicha deputatlar guruhi va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi bilan hamkorlik bo'yicha parlamentlararo guruhining qo'shma majlisida Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov aytib o'tdi.
“O'zbekistonda “KAMAZ” avtomarkazi, yig'uv liniyasi ochildi. Va, albatta KAMAZ Moskvada bo'lgani kabi avtobuslar va elektrobuslarni yetkazishni ham ko'zda tutgan”, deydi Tatariston Prezidenti.
Minnixanovning qayd etishicha, “Tatneft” O'zbekistonda shina mahsulotlarni yetkazib bermoqda hamda avto yonilg'i quyish stansiyalari tashkil etish masalasida ish olib bormoqda. Bundan tashqari, "ЕлАЗ", ТЭМПО, КМПО, "КЭР-Холдинг", "Татхимфармпрепараты", "Ремдизель", ПОЗиС va boshqa kompaniyalar O'zbekiston bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi tatar-inform.ru.