Hozirda kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha keyingi yillar uchun juda katta “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi tayyorlanayotgani maʼlum qilindi.
Unda yettita imkoniyat va masʼuliyat tamoyili asosida Oʻzbekistonning navbatdagi yangi yondashuvlari belgilab beriladi.
Bundan buyon kambagʻallikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanadi.
Mutasaddilarga har bir mahallani toʻliq xatlovdan oʻtkazib, ulardagi “kambagʻal oilalar portreti”ni ishlab chiqish topshirildi. Kambagʻal oila boʻyicha individual dastur boʻladi, har bir vazirlikning aniq vazifasi koʻrsatiladi.
Iqtisodiy kompleks – J.Qoʻchqorov tizimi oilalarni kambagʻallikdan olib chiqish bilan shugʻullansa, ijtimoiy himoya – M.Olloyorov tizimi kimni reyestrga kiritish, qaysi oilani undan chiqarishga javob berishi belgilandi.