Zilzila o'chog'i ikki kilometr chuqurlikda joylashgan bo'lib, u vulqonga eng yaqin Klyuchi qishlog'i hududda sezilgan. Qayd etilishicha, vulqon arafasida olimlar 15 ta yer silkinishini qayd etgan.
Avvalroq Shiveluch vulqonining harakatga kelishi oqibatida Kamchatkaning Ust-Kamchatsk tumanida so'nggi 60 yildagi eng ko'lamdor kul otilishi yuz bergani, bundan bir nechta aholi punkti zarar ko'rgani, favqulodda holat rejimi joriy etilgani xabar qilingan edi. Ba'zi joylarda kul qatlamining qalinligi 20 santimetrga etgan, deyiladi mir24.tv saytida.